ParkingBox
ParkingBox

Avtoturargohlarni tizimlashtirish va raqamlashtirish

Ikki stantsiya — kirish va chiqish. LPR kamera avtomatik raqamni oʻqiydi. QR chipta, POS terminal, onlayn toʻlov va naqd pul. Bitta ishlab chiqaruvchidan toʻliq tizim.

01 A 777 AA LPRQRNFC

01

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan

02

24/7 uzluksiz ishlash

03

Ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan-toʻgʻri

04

Oʻrnatishdan keyingi texnik xizmat

Qanday ishlaydi

1
01

Mashina keladi

LPR kamera kirish vaqtida davlat raqamini avtomatik ravishda taniydi. Haydovchi hech narsa qilishi shart emas.

2
02

Chipta chiqariladi

Entry Box bir necha soniya ichida QR chipta beradi: kirish vaqti, davlat raqami, joy raqami. Shlagbaum ochiladi.

3
03

Mashina toʻxtatiladi

Haydovchi chiptani saqlaydi. Unda barcha maʼlumotlar bor: sana, vaqt, davlat raqami va joy raqami.

4
04

Toʻlov va chiqish

Chiqishda QR skaner orqali chipta skanerlanadi yoki LPR kamera raqamni taniydi. Android ekranda davomiylik va summa koʻrsatiladi. POS terminal, onlayn toʻlov yoki naqd pul bilan toʻlash — shlagbaum avtomatik ochiladi.

Mahsulotlar

Uch xil yechim — bitta ishlab chiqaruvchi

Trafik hajmi va byudjetingizga qarab tanlang — toʻliq avtomatik tizimdan alohida shlagbaumgacha.

Tavsiya etiladi
ParkingBox Full
LPR kamera bilan

ParkingBox Full

Kamera raqamni avtomatik oʻqiydi — eng tezkor va toʻliq nazorat.

  • Avtomatik raqam aniqlash (LPR)
  • Eng yuqori oʻtkazish tezligi
  • Har bir mashina boʻyicha toʻliq hisobot
Batafsil
ParkingBox Basic
Tugma bilan / kamerasiz

ParkingBox Basic

Tugmani bosing, chiptani oling — sodda va hamyonbop yechim.

  • Tugma bosish — chipta chiqadi
  • Xuddi shunday toʻlov usullari
  • Pastroq narx, tezkor oʻrnatish
Batafsil
ParkingBox Shlagbaum
Alohida yoki tizim bilan

ParkingBox Shlagbaum

Kirish-chiqish barerlari — avtomatik, qoʻlda yoki masofadan boshqariladigan.

  • Avtomatik, qoʻlda va masofadan boshqarish
  • Telegram bot orqali ochish-yopish
  • Mavjud shlagbaumingizga ham ulanamiz
Batafsil

Toʻlov usullari

Hamma toʻlov usullari oʻrnatilgan — xaridorlar uchun qulay, siz uchun toʻliq nazorat.

POS terminal

POS terminal

Bank kartasi orqali kontaktsiz (NFC) toʻlov — Visa, Humo va Uzcard kartalari qabul qilinadi; toʻlov bir soniyada oʻtadi.

Xalqaro va mahalliy kartalar

Onlayn toʻlov

Ekranda QR kod paydo boʻladi — Rahmat tizimi orqali Click, Payme, Uzum va boshqa toʻlov provayderlari bilan toʻlash mumkin.

Click · Payme · Uzum va boshqalar

Naqd toʻlov

Naqd toʻlovda qaytim berilmaydi; aniq summani toʻlang yoki karta yoki onlayn toʻlovdan foydalaning.

Bozorlar va savdo markazlari uchun qulay
Qabul qilinadigan toʻlov tizimlari
VisaClickPaymeUzum

SOS / Yordam tugmasi

Har bir stantsiyada qizil Yordam tugmasi mavjud. Haydovchi tugmani bosib, masofadan operator bilan bevosita gaplasha oladi.

Siz uxlab yotganingizda ham ishlaydi

Xodim emas — tizim pul yigʻadi.

  • Kassir yoki xodim maoshi yoʻq
  • Har bir mashina hisobga olinadi — pul yoʻqolmaydi
  • Daromad masofadan nazorat qilinadi
  • Dam olish kunlari va tunlari ham toʻliq ishlaydi
  • Toʻlov statistikasi va trafik maʼlumotlari — doim qoʻlingizda
ParkingBox boshqaruv paneli — joriy holat
ParkingBox boshqaruv paneli — davr boʻyicha tahlil
Haqiqiy boshqaruv paneli — kirishlar, daromad va bandlik jonli koʻrinadi

Parkovkangiz qancha ishlab topishi mumkin?

Joylar soni va tarifni kiriting — pastda oylik daromadni koʻrasiz.

Oylik taxminiy daromad

28 800 000 soʻm

Yillik taxminiy daromad

345 600 000 soʻm

Taxminiy taqqoslash — qoʻlda yigʻishda odatda 20–30% yoʻqotish kuzatiladi (illyustratsiya, aniq raqam emas).

Qoʻlda yigʻish21 600 000 soʻm
ParkingBox (100% hisobga olinadi)28 800 000 soʻm

Sozlash imkoniyatlari

Tizim sizning biznes talablaringizga mos keladi.

Namunaviy parkovka chiptasi

Chipta dizayni

Logotip, rang, maydonlar va til — sizning korporativ uslubingizda.

Tarif ekrani namunasi

Tarif tuzilmasi

Soatlik, kunlik, bepul daqiqalar va maxsus tariflar — siz belgilaysiz.

Logo

Brending

Qurilma ekranida korxona logotipi va ranglar koʻrsatiladi.

UZRUEN+

Til sozlamalari

Oʻzbek, Rus, Ingliz va boshqa tillar — foydalanuvchi tanlaydi.

Integratsiya

Mavjud boshqaruv tizimlari bilan ulanish.

Koʻp soʻraladigan savollar

Narx soʻrash

Murojaat qoldiring — biz siz bilan bogʻlanamiz va bepul konsultatsiya beramiz.